«Barselona» ter Shtegen bilan shartnomani uzaytirishga yaqin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 550
Darvozabon Mark-Andre ter Shtegen va «Barselona» yangi shartnoma borasida muzokaralarni qayta boshlashdi. Tomonlar kelishuvga erishishga yaqin turishibdi.
Ma'lumotlarga qaraganda, 28 yoshli posbon klub oldiga qo'yayotgan ba'zi talablardan voz kechishga rozi bo'ldi.
«Barselona» ter Shtegen bilan 2025 yilgacha bo'lgan muddatgacha shartnoma imzolash masalasini iyun oyida hal qilib olmoqchi. Kelishuvga ko'ra, germaniyalik darvozabonning maoshi bosqichma-bosqich oshirib boriladi.
Eslatib o'tamiz, Mark-Andre ter Shtegenning "ko'k-anorranglilar" bilan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar tuzilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!