APL «Nyukasl»ning saudiyalik investorlar qo'liga o'tishini ma'qulladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 283
Angliya Premer-ligasi «Nyukasl» klubining saudiya arabistonilik investorlarga 300 million funtga sotilishini ma'qulladi. Bu haqda Mirror xabar tarqatdi.
«Qarg'alar»ning hozirgi xo'jayini Mayk Eshli aprel oyida klubni valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon boshchiligidagi Saudiya Arabistoni investitsiya jamg'armasiga sotish bo'yicha kelishuvga erishgan edi.
«Nyukasl»ni yangi xo'jayin qo'liga o'tish borasida hujjatlar APL rahbariyatiga taqdim etilgan edi. Premer-liga rahbariyati asosiy e'tiborini mavsumni qayta boshlashga qaratgani uchun "Nyukasl" ishi cho'zilib ketdi.
Bu boradagi rasmiy bayonot 1 iyun kuni e'lon qilinishi kutilmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!