Ronaldu «Yuventus»dan «Fiorentina» etakchisi bilan shartnoma imzolashni so'ramoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 375
"Fiorentina" hujumchisi Federiko Keza faoliyatini "Yuventus"da davom ettirishi mumkin.
"Calciomercato" tarqatgan xabarga ko'ra, "keksa sinora" forvardi Krishtianu Ronaldu klub rahbariyatidan 22 yoshli futbolchini sotib olishni so'ramoqda. Portugaliyalik futbolchi, agar lozim bo'lsa, ushbu transferni amalga oshirishda yordam berishga tayyorligini ma'lum qilgan.
Avvalroq "Fiorentina" o'z etakchisi uchun kamida 50 million evro so'rayotgani haqida xabar berilgan edi.
Eslatib o'tamiz, Kezaning xizmatlariga, shuningdek, "Inter", "Manchester Yunayted", "Napoli" va "Chelsi" jamoalari ham qiziqish bildirmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!