Bundesliga o'yinlari bir daqiqalik sukut bilan boshlanadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 316

Germaniyada koronavirusdan vafot etganlar xotirlanadigan bo'ldi. Bu haqda Germaniya futbol ligasi matbuot kotibi Kristian Zayfert xabar tarqatdi.
Bundesliga va Bundesligi 2 musobaqalarining navbatdagi tur bahslari bir daqiqalik sukut bilan boshlanadi.
«COVID-19ning tarqalishi jahon bo'ylab ko'p insonlarni hayotdan olib ketdi. Germaniya futbol ligasi navbatdagi ikkita tur orqali o'z ta'ziyasini bildirishni istaydi.
Shuningdek, pandemiya oqibatlariga qarshi kurash olib borayotganlarga minnatdorchilik bildiramiz va ularni qadrlashimizni aytamiz», — dedi Zayfert.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
206