Ektor Kuper Nigeriya terma jamoasiga boshqarishga yaqin turgandi, ammo...
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 318

O'zbekiston milliy jamoasi sobiq bosh murabbiyi Ektor Kuper Nigeriya terma jamoasini boshqarishga yaqin turgan edi. U mazkur mamlakat futbol federatsiyasi bilan bir necha haftadan beri muzokara olib borayotgan edi. Ammo Nigeriya futbol federatsiyasi termaning amaldagi murabbiyi Gernat Ror bilan shartnomani uzaytirdi. Bu esa Kuperning hafsalasini pir qildi. Bu haqda argentinalik mutaxassisning yordamchisi Mahmud Ahmad xabar berdi.
"Janob Kuper Afrikada Nigeriya yoki Gana termasini boshqarishga tayyor edi. Biz Ganada ishlashni istagan edik, ammo mamlakat futbol federatsiyasi xorijlik murabbiylarga eshiklarni yopib qo'ydi.
Shundan so'ng e'tiborni Nigeriyaga qaratgan edik. Ushbu terma jamoaning amaldagi murabbiyi Ror bilan maosh borasida muammoga duch kelgan edi. Biz kamroq maoshga ham ishlashga tayyor edik. Ammo Nigeriya bu mutaxassis bilan shartnomani uzaytirishga qaror qildi. Shu bois, ushbu rejamiz ham amalga oshmadi", — dedi Mahmud Ahmad.
Eslatib o'tamiz, Ektor Kuper 2019 yilning sentyabr oyida O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyligidan iste'foga chiqarilgan edi.

Bosh sahifaga
208