Marchello Lippi Messi va Ronalduni taqqosladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 489

Italiya terma jamoasi sobiq murabbiyi Marchello Lippi zamonaviy futbolning ikki yulduzi Lionel Messi va Krishtianu Ronalduni taqqosladi.
«Futbol uchun ahamiyatidan kelib chiqib, men Messi va Krishtianuni bitta darajaga qo'yaman. Xuddi shunday gapni Pele va Maradona haqida ham gapirishim mumkin. Ularni bir-biridan yaxshi deb aytish qiyin.
Nima uchun «Barselona» Messi bilan 2015 yildan beri Chempionlar ligasida g'alaba qozona olmayapti? Lionel «Barselona» safida necha yildan beri o'ynayotganiga va nechta sovrin qo'lga kiritganiga ahamiyat bering. 15 yil ichida EChLda 4 marta g'olib chiqdi. Faqat 5 yilda bitta sovrin haqida gapirmasdan, butun faoliyatini inobatga olsak, to'g'riroq bo'ladi», — dedi Lippi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
210