Qanday holatda A seriya pley-off formatidan foydalanishi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 217
Italiya chempionati qayta boshlanganidan keyin mavsum koronavirus pandemiyasi tufayli to'xtatiladigan bo'lsa, A seriya chempioni pley-off seriyasi orqali aniqlanadi. Bu haqda ANSA xabar tarqatdi.
Chorshanba kuni o'tkazilgan A seriya kengashi yig'ilishida shunday qaror qabul qilindi. Qandaydir sabab bilan mavsum to'xtab qolsa, A seriya, B seriya va S seriya turnirlari pley-off formatida yakunlanadigan bo'ldi.
Pley-off bosqichida divizionlarda yuqori o'rinlarga da'vogarlik qilayotgan klublar hamda musobaqa o'z o'rnini saqlab qolish uchun kurashayotgan jamoalar ishtirok etishadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!