Ferdinand: «Liverpul»ga gol kiritish borasida omadim kelgan»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 274

Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi sobiq himoyachisi Rio Ferdinand o'z vaqtida «Liverpul» klubi darvozasiga kiritgan goli uchun xursand ekanligini yashirmadi.
Eslatib o'tamiz, Rio «Manchester Yunayted» klubidagi faoliyati davomida 8 ta gol urgan va ularning ikkitasini «Liverpul»ga kiritgan.
«Istalgan raqibga gol urish mumkin, qo'shnilar bilan o'yinda va azaliy raqiblarga gol urish – bu eng muhim lahza. «Liverpul»ga kiritish borasida omadim kelgan. Ushbu hissiyotni juda yaxshi eslayman. Agar biz futbol haqida gapiradigan bo'lsak, ularni boshqa narsa bilan solishtirib bo'lmaydi», - dedi Ferdinand.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
190