«Arsenal» va «Borussiya» Diabi uchun kurash olib boradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 326

Germaniyaning "Bayer" klubining 20 yoshli futbolchisi Mussa Diabiga Londonning «Arsenal» va Dortmundning «Borussiya» klublari qiziqish bildirmoqda.
«Bayer» o'z futbolchisini sotish niyatida emas. Futbolchining tovon puli 27 million funt atrofida baholanmoqda.
Taxmin qilinishicha, futbolchining agenti «Arsenal» klubi bilan yaxshi munosabatda. O'z navbatida, «Bayer» o'z futbolchisini jamoada olib qolish uchun bor kuchini ishga soladi va unga besh yillik shartnoma taklif qilishni rejalashtirmoqda.
Avvalroq Diabini "PSJ" klubi o'z safiga qo'shib olishni xohlagan edi, lekin bu bitim amalga oshmay qolgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
220