«Milan» «PSJ» futbolchisiga qiziqmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 294

Frantsiyaning «PSJ» klubi himoyachisi Nyanzu Kuassi faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.
Manbaning tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, 17 yoshli futbolchiga Italiyaning «Milan» klubi qiziqish bildirmoqda, ammo, markaziy himoyachi avvalroq Germaniyaning «Leyptsig» klubi bilan kelishuvga erishgandi.
Xabarda aytilishicha, bu bitim hali rasman amalga oshmadi, shuning uchun «Milan» klubi Kuassini «Leyptsig»dan olib qo'yish niyatida.
Kuassining «PSJ» klubi bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilning iyun oyida o'z yakuniga etadi. Avvalroq, parijliklar yosh futbolchi bilan 2025 yilgacha shartnomani uzaytirish niyatida ekanligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
220