Sane "Bavariya"da qaysi raqamda o'ynaydi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1072
Myunxenning "Bavariya" klubi "Manchester Siti" yarim himoyachisi Leroy Sane bilan muzokaralarni faol davom ettirmoqda deya xabar bermoqda Bild.
Manbaning xabariga ko'ra, "Bavariya" klubi Sanega Koutino harakat qilayotgan 10-raqamni va'da bermoqda.
Avvallari 10-raqam ostida Aren Robben o'ynagan.
Biroz avval Sane "Manchester Siti" klubining shartnomani uzaytirish borasidagi taklifiga rad javob bergandi.
Eslatib o'tamiz, Sanening "Manchester Siti" klubi bilan bir yillik shartnomasi bor. Uning transfer narxi 80 million evro atrofida baholanmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!