«Arsenal» Lyakazettni boshqa futbolchiga almashtirmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 269
«Atletiko» ushbu bitimga qarshi emas.
Ispaniya matbuoti tarqatgan ma'lumotga qaraganda «Arsenal» va «Atletiko» klublari o'zaro futbolchi almashtirishga kelishib oldi. Klublar shu yo'l orqali moliyaviy muammolarni chetlab o'tmoqchi.
Yaqinda Aleksandr Lyakazett ko'zdan yosh oqizuvchi gazdan foydalangani uchun navbatdagi majoro ishtirokchisiga aylanib qolgandi. Klubdagilar uning sport formasidan norozi bo'lishmoqda. «Atletiko» ushbu futbolchini o'tgan yilning yozida ham o'z saflariga qo'shib olishga harakat qilgan edi.
«Arsenal» ayni paytda Toma Lemarni kuzatib bormoqda. Frantsiyalik futbolchi ikki mavsumdan beri Madridda o'zini ko'rsata olmayapti.
Futbolchi almashtirish qo'shimcha kompensatsiya orqali amalga oshirilmoqchi. Chunki, ushbu futbolchilarning transfer bozoridagi narxi deyarli bir xil.