"Borussiya" futbolchisi uchun mavsum tugadimi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 245
Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Marko Roys Bundesliganing 27-tur doirasida bo'lib o'tadigan "Volfsburg" klubiga qarshi bo'ladigan uchrashuvda maydonga tusha olmasligi mumkin. Chunki, futbolchi 23 may kuni oyog'idan olgan jarohati sababli, maydon chetida qolayotgandi, deya xabar bermoqda Bild.
Manbaning yozishiga qaraganda, 30 yoshli futbolchi mavsumning qolgan uchrashuvlarida maydonga tusha olmasligi mumkin. Roys joriy mavsum 19 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 11 gol kiritish bilan bir qatorda, 6 ta golga hammualliflik qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!