APL klubi murabbiyi koronavirusga chalindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 352
Angliyaning "Byornli" klubi yordamchi murabbiyi Ian Voan koronavirusga chalindi, deya xabar bermoqda klub rasmiy sayti.
Voan kasallikka chalingan boshqa insonlar singari bir haftalik karantinga olinadi va 25 may kuni ikkinchi marta test topshiradi. Ayni paytda murabbiyda kasallik alomatlari yo'q va o'z uyida karantinda qolmoqda. "Byornli" ijtimoiy masofani saqlagan holda, kichik guruhlarga bo'linib mashg'ulotlarni olib boradi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!