UEFA prezidenti: «Muxlislar ishtirokidagi futbol tez orada qaytadi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 372
UEFA prezidenti Aleksander Cheferin futbolning qayta boshlanishiga pozitiv nazar bilan qaramoqda.
«Ushbu virus umrbod davom etadi, deb o'ylamayman. Vaziyat ko'pchilik o'ylayotganidan tezroq o'nglanadi.
Menga koronavirusning ikkinchi, uchinchi yoki beshinchi to'lqini qayta boshlanishi haqidagi fikrlar menga yoqmaydi. Lekin inson vaqti kelib vafot etishini bilganidan keyin, bundan bugun xavotir olishi kerakmi? O'ylashimcha, bunday emas.
«Biz hukumat tavsiyalariga amal qilamiz, ammo to'la ishonch bilan ayta olamanki, muxlislar ishtirokidagi futbol tez orada qaytadi», — dedi Cheferin "The Guardian"ga bergan intervyusida.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!