«Uotford»da koronavirusga chalingan 3ta holat aniqlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 236
«Uotford» matbuot xizmati klubning 3ta vakili koronavirusga chalinganini tasdiqladi. Ulardan biri o'yinchi bo'lsa, ikkisi — xodimlar.
Bemorlarning iltimosiga ko'ra ularning ismlari oshkor qilinmadi. Ular endi 7 kunlik karantin muddatini o'tashadi.
Premer-liga seshanba kuni klublar safidagi o'yinchilar va xodimlar — jami 748 kishi test topshirib, ular orasida 6 kishida infektsiya yuqtirgani haqida ma'lumot tarqatilgan edi.
Avvalroq «Uotford» sardori Troy Dini kasallik yuqtirib olishdan qo'rqib, mashg'ulotlarni boshlamoqchi emasligi haqida bayonot berdi.
APLning 2019/20 yilgi mavsumi 13 iyun kuni qayta boshlanishi haqida ma'lumot berilgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!