Jasur Yaxshiboev: «O'zbekistonga qaytishim bilan palov egani boraman»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 235
Belarusning «Energetik-BGU» klubi hujumchisi Jasur Yaxshiboev klub matbuot xizmatiga intervyu berdi va unda bolaligi, kelajakdagi orzulari haqida gapirib o'tdi.
«Bolaligimda oilaviy sharoitim u qadar yaxshi bo'lmagan. Yaxshi futbolchi bo'lib etishishim uchun oilam qo'ldan kelgancha harakat qilgan. Barcha imkoniyatni yaratib berishgan. Bobom va buvim ham yordamini ayamagan. Oilamning futbolga aloqadorligi yo'q, men birinchi sportchiman. Bolaligimda ko'pincha ko'chada to'p tepib yurardim, shu sabab oilam meni futbolga berishga qaror qilgan. Shundan so'ng «Paxtakor» akademiyasiga bordim. Shu darajaga etishimda ularning o'rni beqiyos.
Ha, oilamni sog'inyapman. Mana uch oydan buyon shu erdaman. Borishim bilan birinchi kunni oilam bilan o'tkazaman, keyingi kunlarni esa do'st va yaqinlarim bilan. Birinchi navbatda palov egani o'zbek oshxonasiga boraman (kuladi).
Har bir mashg'ulot va o'yinda borimni berib harakat qilaman. Imkoni bo'lsa, Messi va Ronaldu bilan birga o'ynashni xohlardim. Bu erda o'zimni yaxshi tomonlama ko'rsatib, Evropaga yo'l olishni istayman. Har bir o'yinda yaxshi harakat qilsang, o'z-o'zidan yaxshi variantlar bo'ladi. Jamoamiz juda inoq, yaxshi yigitlar jamlangan.
Qiyin onlar hammada bo'ladi, menda ham bunaqasi ko'p bo'lgan. Biroq men o'zimga ishonaman va hayotim, kelajagim uchun kurashishda davom etaman. Bu hayot, bugun yaxshi ertaga esa yomon. Bir narsa aniq, kimki ko'p mehnat qilsa omad albatta keladi», — deydi Yaxshiboev.