"Tottenxem" Keynni "Barselona"ga sotishni istamadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 309
Mundo Deportivo nashrining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, Kataloniyaning "Barselona" klubi "Inter" hujumchisi Lautaro Martinesni sotib olish ishlari qiyin bo'lib ketganligi sababli, endi e'tiborini Londonning "Tottenxem" klubi hujumchisi Garri Keynga qaratdi.
Xabarda aytilishicha, Angliya terma jamoasi sardorini "Barselona" joriy yilning yozida sotib olish niyatida va kataloniyaliklar futbolchisini qo'lga kiritish uchun "Tottenxem" raxbari Daniel Levi bilan muzokara olib borishdi.
Biroq, Levi jamoaning etakchi futbolchisini sotishdan bosh tortdi va istalgan mablag'ga ham sotmasligini bildirdi.
Avvalroq, Keyn Joze Mourino boshchiligidagi jamoani tark etishni sha'ma qilib o'tgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!