EChL-2019/2020 chorak final bosqichi 1ta o'yindan iborat bo'ladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 308
UEFA va Evropa klublar assotsiatsiyasi a'zolaridan tashkil topgan ishchi guruh ayni paytda Evropa chempionlar ligasi va Evropa ligasining qolgan qismini tezlashtirilgan formatda o'tkazish masalasini muhokama qilyapti.
"AS" tarqatgan xabarga ko'ra, EChLda chorak finalning barcha ishtirokchilari aniq bo'lganidan keyin chorak final bosqichi faqat bitta uchrashuvdan iborat bo'ladi.
Shundan so'ng Istanbul shahrida "To'rtlar kubogi" shaklida yakuniy bosqich o'tkaziladi. Bunda yarim final ham faqat bitta o'yindan iborat bo'ladi. Ushbu formatni ishchi guruhning aksariyat a'zolari ma'qullashmoqda. Ushbu g'oya UEFAning 17 iyun kuni o'tkaziladigan Ijroqo'm yig'ilishida ko'rib chiqib, tasdiqlanadi.
Evropa ligasi 6 avgust kuni, Chempionlar ligasi esa 8 avgustdan qayta davom ettirilishi rejalashtirilmoqda.