Habib Nurmagomedov MMA reytingida etakchilikni saqlab qoldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 630
Avvalgi oy bilan solishtirganda ro'yxatning kuchli beshligida o'zgarish sodir bo'lmagan. Birinchi o'rinda engil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov bormoqda. Yarim og'ir vazn chempioni Jon Jons esa ikkinchi o'rinni band etgan bo'lsa, mutlaq engil vazn chempioni Genri Sehudo uchinchi pog'onadan joy olgan. Og'ir vazn toifasi vakillari Stipe Miochich va Daniel Korme kuchli beshlikdan o'rin olgan.
6—10-o'rinlarni quyidagi jangchilar egallagan: Israel Adesanya, Kamaru Usmon, Demetrius Jonson, Aleksandr Volkanovski va Jastin Getji. Ularning barchasi mart oyiga nisbatan bittadan o'rin ko'tarilishga muvaffaq bo'lgan.
31 yoshli Nurmagomedov MMA’dagi 28 jangda 28 g'alabaga erishgan. Rossiyalik yakkakurashchi 2020 yilning sentyabr oyida engil vazn toifasi vaqtinchalik chempioni Jastin Getji qarshi jang qilishi kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, UFC umumiy reytingida birinchi o'rin Jon Jonsga tegishli, keyingi o'rinlardan Nurmagomedov va Sehudo joy olgan.