"Atletiko" "PSJ" himoyachisini o'z safiga qo'shib olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 293

Madridning "Atletiko" klubi Frantsiyaning "PSJ" himoyachisi Layvin Kurzava uchun kurashga qo'shildi deya xabar bermoqda Marca.
Nashrning tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, "matraschilar" yozda o'zining chap qanot himoyasini kuchaytirmoqchi va frantsiyalik futbolchini ushbu pozitsiyaga munosib ko'rmoqda.
27 yoshli himoyachi shu yilning iyun oyida erkin agentga aylanadi, shuning uchun madridliklar uni tekinga qo'lga kiritishga umid qilmoqda.
Qayd etish kerakki, "Atletiko" Kurzavaga to'qqizinchi nomzod sanaladi. Avvalroq himoyachiga "Nyukasl", "Arsenal", "Manchester Yunayted", "Liverpul", "Yuventus", "Inter", "Milan" va "Barselona" klublari ham qiziqish bildirishgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
199