Essen: «O'z vaqtida «Liverpul» ko'rigida qatnashganman»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 277

Londonning «Chelsi» klubi sobiq futbolchisi Maykl Essen sal bo'lmasa "Liverpul" klubi tarkibida paydo bo'lishini tan oldi.
«Frantsiyaning «Bastiya» klubida o'ynab yurgan kezlarim, menga juda ko'plab takliflar bo'lgandi. «Liverpul»ni Jerar Ule boshqarayotgan paytda ular bilan shartnoma tuzishim mumkin edi. Hatto ularning sport qarorgohiga borganman va bosh murabbiy bilan ko'rishganman. Keyin menga «PSJ», «Lion» va «Marsel» klublaridan ham takliflar bo'lgan. Lekin, men «Bastiya» rahbarlariga faoliyatimda nimanidir o'zgartirish niyatim yo'qligini aytganman.
Hodisalarni o'zgartirishga hojat yo'q edi va men Angliya ko'chib o'tishni keyinroqqa qoldirgandim. Shu sababli, men 2005 yili «Chelsi» klubiga o'tdim, o'shanda "ko'klar"ni Joze Mourino boshqarardi», — dedi Maykl Essen.

Bosh sahifaga
193