«Uotford» sardori mashg'ulotlarni boshlashni istamayapti
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 275

"Uotford" klubi sardori va hujumchisi Troy Dini mashg'ulotlarni boshlashni istamadi. U o'z sog'lig'i va oilasining hayotini xavf ostiga qo'ymoqchi emas.
"Biz ushbu haftada mashg'ulotlarga qaytishimiz kerak. Men u erda bo'lmasligimni klubga aytdim. Insonlar zararlanishi uchun bir kishining kasal bo'lishi etarli. Men infektsiyani o'z uyimga olib kelishni istamayman. O'g'lim bor-yo'g'i 5 oylik, uning nafas olishi bilan bog'liq muammolar bor. Men esa uning hayotini xavf ostiga qo'ymoqchi emasman", - dedi Dini.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
197