Del Pero shifoxonadan chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 534

"Yuventus" klubi va Italiya terma jamoasi sobiq futbolchisi Alessandro Del Pero shifoxonadan chiqdi. Avvalroq del Pero buyragidagi tosh tufayli Los-Anjelesdagi tibbiy muassasada davolanayotgani haqida xabar berib o'tgandik.
45 yoshli Alessandro instagram orqali o'zini yaxshi his qilayotganini ma'lum qildi:
"Samimiy tilaklar uchun barchaga rahmat. O'zimni ancha yaxshi his qilyapman va hozir uydaman".
Del Pero 1993-2012 yillarda "Yuve" sharafini himoya qilib, 6 karra Italiya chempioni, bir marta Italiya kubogi, 4 karra Italiya superkubogi, bir marta Evropa chempionlar ligasi sovrinini qo'lga kiritdi. U Italiya terma jamoasi safida 2006 yilda jahon chempionatining oltin, Evro-2000da kumush medalni qo'lga kiritdi.

Bosh sahifaga
232