Serail tugadi: Mertens «Napoli»da qoladigan bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 332
Avvalroq, Londonning «Chelsi» klubi bosh murabbiyi Frank Lempard "Napoli" hujumchisi Dris Mertens bilan muzokara olib borgani haqida xabarlar tarqatilgandi. Shuningdek, belgiyalik futbolchiga Italiyaning «Inter» klubi ham jiddiy qiziqish bildirayotgandi.
Sportitalia nashrining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, Mertens «Napoli» klubi bilan shartnomasini uzaytirishga qaror qildi. 33 yoshli klub rahbariyati bilan o'zaro til topishib olgani yaqin turibdi.
Mertens yiliga 4 million evro ishlab topishi taxmin qilinmoqda. Shartnoma ikki yilga mo'ljallangan bo'ladi. Taqqoslash uchun – «Inter» Mertens uchun yiliga 7 million evro maosh va ikki yillik shartnoma taklif qilgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!