Akinfeev 15 yil oldingi voqeani esga oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 212
Roppa-rosa 15 yil avval Moskvaning TsSKA klubi UEFA Kubogi finalida «Sporting» klubini 3:1 hisobida mag'lubiyatga uchratgandi.
O'shanda Igor Akinfeev 19 yoshda edi. Darvozabon finaldan oldidan xayoliga kelgan fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Tun juda yomon o'tgandi. Ikki-uch soat derazada o'ylanib o'tirganman. Yoshingiz 19da, aqldan ozgansiz, baribir qaerdadir shubhalanishni boshlaysiz», – Akinfeevning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda klub matbuot xizmati.
Akinfeev butun faoliyatini TsSKAda o'tkazib kelmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilda yakuniga etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!