«Napoli» «Liverpul»ga Kulibalining narxini e'lon qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 290
Italiyaning «Napoli» klubi «Liverpul» klubi bilan senegallik markaziy himoyachi Kalidu Kulibalining transferi borasida muzokara olib bordi, deya xabar bermoqda Italiya matbuoti.
«Napoli» klubi xo'jayini Aurelio De Laurentis Kulibalini 100 million evro evaziga «Enfild Roud»ga qo'yib yuborishga tayyor. Neapolliklar Kulibalini 100 million evrodan bir tsent ham kamiga sotishga rozi emas.
Bunday vaziyatda, Kulibali yozda «Napoli»ni tark etmasligi ehtimoli juda yuqori. Evropaning deyarli barcha klubi koronavirus pandemiyasi sababli moliyaviy inqirozga duch keldi va 100 million evroni "Napoli" futbolchisi uchun sarf qilish istagi yo'q.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!