Emeri: "Arsenal"da hech qachon meni qo'llab-quvvatlashmagan"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 273
Londonning «Arsenal» klubi sobiq bosh murabbiyi Unai Emeri The Guardian bilan intervyu chog'ida Londondagi faoliyatini esga oldi.
«Har bir klubda o'zimni himoyalangandek his qilganman. «Sevilya»da Monchi bor edi. «PSJ»da esa men uchun echinish xonasida ham, omma oldida ham Nosir Al Xelayfi qayg'urgan. «Arsenal»da esa bunday narsa bo'lmagan. Ehtimol, avval hamma narsa bilan shug'ullangan Arsen Venger bilan ishlaganliklari uchun shunday qilishgandir. Ular doim menga "Doim sen bilanmiz" deyishardi. Lekin, kiyinish xonasida ham, muxlislarning qarshisida ham hech kim meni qo'llab-quvvatlamagan. Haqiqatdan ham o'zimni yolg'iz his qilardim. Natijalar esa meni tark etishga majbur qildi», - dedi Emeri.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!