Yurgen Klopp: "Bu biz chempion bo'lishimiz kerak bo'lgan mavsum"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 352

Angliyaning «Liverpul» klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp mavsumni muddatdan oldin yakunlash ehtimoli haqida fikr bildirdi.
- Mavsumni bekor qilish haqida gap-so'zlar bo'ldi. Men bo'lsa: «Nima? Mavsumning 76 foizini o'tkazdik, sizlar bo'lsa bekor qilmoqchisizlar?»-dedim. Shaxsan men buni adolatsizlik deb hisoblayman. Biz uy o'yinlarini o'tkazishda birinchi o'rindamiz, safardagi o'yinlarda ochko jamg'arish borasida peshqadammiz. Bu biz chempion bo'ladigan mavsum. Inqirozga qarshi kurash — eng muhim masala. Ammo, bu boshqa narsalar kamroq ahamiyatga ega bo'lsa, ular umuman ahamiyatsiz degani emas, — Kloppning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Goal.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
180