Evrokuboklarning taqvimi 17 iyun kuni hal bo'ladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 279

27 may kuni bo'lib o'tishi kerak bo'lgan UEFA Ijroqo'm yig'ilishi 17 iyun sanasiga ko'chirildi.
Ushbu yig'ilishda bir qancha qarorlar qabul qilinishi kutilayotgan edi. Ammo ba'zi masalalar muhokama jarayonida bo'lgani uchun yig'ilish keyinroqqa qoldirildi.
UEFA ijroqo'mi 17 iyun kuni evrokuboklarning ushbu mavsumidagi qolgan o'yinlarning o'tkazilish muddati, terma jamoalar ishtirokidagi o'yinlar, Evro-2021ga mezbonlik qiladigan shaharlar kabi masalalarga oydinlik kiritishi kerak.
Shuningdek, tashkilot Evropa milliy chempionatlarini qayta boshlash uchun qo'shimcha vaqt bermoqchi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
175