Maldini "Real"da ish boshlashi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 414
Italiyaning "Milan" klubi texnik direktori Paolo Maldinini Madridning "Real" klubi o'ziga chorlamoqda, deya xabar bermoqda Defensa Central.
Manbaning yozishiga qaraganda, agar Maldini "rossonerlar" bilan shartnomasini bekor qiladigan bo'lsa, u holda "Qirollik klubi" prezidenti Florentino Peres uni "Real" klubida ishga taklif etmoqchi.
Gap ayni paytda Emilio Butrageno egallab turgan sport direktorligi lavozimi haqida ketmoqda.
Eslatib o'tamiz, agar "Milan"ga bosh murabbiy etib Ralf Rangnik tayinlanadigan bo'lsa, u holda Maldini klubni aniq tark etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!