Angliya futbol assotsiatsiyasi FIFA bilan sudlashadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 332

Angliya futbol assotsiatsiyasi (FA) va Halqaro futbol federatsiya (FIFA) o'rtasidagi da'vo sport arbitraj sudi (KAS) tomonidan ko'rib chiqiladi.
Ma'lumki, 2019 yilning fevral oyida FIFA «Chelsi» yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazishi uchun ikkita transfer oynasiga ta'qiq qo'ygandi. Bu voyaga etmagan futbolchilarning transferi borasida yo'l qo'ygan xatosi uchun jazo edi.
Shuningdek, FIFA "Chelsi" klubini nazoratsiz qoldirgani uchun Angliya Futbol Assostsiatsiyasiga 500 ming funt jarima qo'llagandi. Keyinroq esa jarima miqdori 290 ming funtga qisqartirilgandi.
2019 yilning dekabr oyida sport arbtiraj sudi "Chelsi"ning da'vo arizani ko'rib chiqdi va jazo muddatini qisqartirdi. Endi FA jarima miqdorini yana kamaytirish uchun kurash olib bormoqchi.

Bosh sahifaga
224