"Napoli" futbolchisi mashg'ulot jarayonida jarohat oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 274

Il Corriere dello Sport portalining xabariga ko'ra, Italiyaning "Napoli" klubi markaziy himoyachisi Kostas Manolas bugungi mashg'ulotda jarohat oldi.
Eslatib o'tamiz, neapolliklar bir necha kundan beri o'z sport qarorgohlarida individual tarzda mashg'ulot olib bormoqda. Himoyachining mushaklari shikastlangan, ammo, uning qachon tiklanishi chuqur tibbiy tekshiruvlardan keyin ma'lum bo'ladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
151