Rabo o'zining «isyoni» yuzasidan hazil qildi (foto)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 529

"Yuventus" yarim himoyachisi Adrian Rabo klubga nisbatan qilgan norozilik isyoni yuzasidan hazil qildi.
Frantsiyalik futbolchi Instagramga o'z suratini joylab, unga: "Isyonning so'nggi kuni ekanini his qilganingda...", deya izoh yozdi.
Avvalroq Rabo klub rahbariyati tomonidan maoshlarning kamaytirilishiga norozilik sifatida jamoa mashg'ulotlariga qaytishni istamayotgani haqida xabar tarqalgan edi. Futbolchining Instagramdagi ushbu hazilidan bilish mumkinki, u isyonga barham berib, bugun klubga qaytishga qaror qildi.

Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
226