Frantsiyada 28-tur ham hisoblandi: "Lion" evrokuboklardan mahrum qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 345

Frantsiyaning muddatidan oldin yakunlangan chempionati natijalari 27 emas, 28-tur natijalariga ko'ra qayd etildi. Bundan maqsad — "Lion"ni evrokuboklardan mahrum qilish, deb yozmoqda La Parisien.
27-turdan so'ng "Lion" beshinchi o'rinni egalladi va Evropa Ligasiga yo'llanma oldi, 28-tur natijalariga ko'ra esa klub ettinchi o'ringa tushib ketdi va evrokuboklarda qatnashish imkonidan ayrildi. Manbaga ko'ra, faqat "Amen", "Lill" va "Nant" klublari bu qarorga qarshi chiqishgan. Qolgan klublar ushbu turning bitta "PSJ" — Strasburg" uchrashuvi o'tkazilmaganiga qaramay, 28-tur natijalari bo'yicha jadvalni tuzishga rozi bo'lishgan.
Ta'kidlanishicha, bu qarorga "Lion" prezidenti Jan-Mishel Olas bilan yuzaga kelgan ziddiyat sabab bo'lgan. Xususan, Olas Qatar mansabdorlari shakllantirgan "PSJ" modelini tanqid qilgandi.
"Liga1"ni muddatidan oldin tugatish qarori 30 aprel kuni e'lon qilingandi.
"Lion" 1997 yildan beri birinchi marta Evropa musobaqalarida qatnashmaydi. Klub Frantsiya professional futbol ligasini sudga bermoqchi.
Manba: bombardir.ru
Bosh sahifaga
221