"Barselona" futbolchilarga nisbatan keskin qaror qabul qilishni boshladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 323

"Barselona" Nelson Semeduni shu yilning yozida sotib yubormoqchi.
Marca nashrining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, kataloniyaliklar portugaliyalik himoyachiga 2025 yilgacha shartnoma taklif qildi, biroq, Semedu moliyaviy komponent tufayli bu shartnomani rad etdi.
Shu tariqa, "Barselona" Semeduni transferga qo'yishga qaror qildi va uning tovon pulini 40 million evro etib belgilab qo'ydi.
Semedu "Barselona" tarkibida 2017 yildan beri o'ynab kelmoqda. Joriy mavsumda u 29 ta uchrashuvda maydonga tushdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
173