"Atletiko" futbolchisi "Liverpul"ni engil troll qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 329

Madridning «Atletiko» klubi futbolchisi Saul Niges EChLning joriy yilgi mavsumida «Enfild»da «Liverpul» klubiga qarshi bo'lib o'tgan uchrashuv qiyin bo'lmaganini aytib o'tdi.
«Odatda qiyin uchrashuvlar yodga olinadi. «Enfild»dagi uchrashuv esa odatdagidek bo'lib o'tgan. Biz bunday uchrashuvlarni har hafta La Ligada o'tkazamiz. Bu odatdagi o'yinlardan qiyin emas.
Ehtimol, «Liverpul» eng yaxshi formasida bo'lmagandir. Lekin buning ahamiyat yo'q. Men 2016 yili Myunxenda «Bavariya»ga qarshi bo'lib o'tgan o'yinni eslayman. Mana shu uchrashuv haqiqatdan ham qiyin o'yin bo'lgandi», — dedi Saul.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
222