"Valensiya" Evropaning grand klublarini dog'da qoldirmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 290

AS nashrining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, Ispaniyaning "Valensiya" klubi o'z futbolchisi Ferran Torres bilan yangi shartnoma tuzish borasida muzokara olib borish niyatida.
20 yoshli yarim himoyachining amaldagi shartnomasi kelasi yilning yozida o'z yakuniga etadi. Agar "ko'rshapalaklar" o'z futbolchisi bilan shartnomani uzaytirib borasida kelishuvga erisha olmasa, futbolchini bir yildan keyin tekinga qo'yib yubormaslik uchun, shu yilning yozida sotib yuborishmoqchi.
Qayd etish kerakki, Torresga "Bavariya", "Borussiya" (D), "Manchester Siti", "Liverpul", "Yuventus" klublari qiziqish bildirishmoqda.
Shuningdek, Kataloniyaning "Barselona" klubi ham qiziqayotganligi haqida ma'lumotlar tarqalgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
163