Sisse katta futbolga qaytmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 313

Frantsiyaning «Marsel» va Frantsiya terma jamoasi sobiq hujumchisi Jibril Sisse katta futbolga qaytish niyatida ekanligini tasdiqladi. Futbolchi Liga 1dagi gollari sonini 100 taga etkazmoqchi.
— Agar avval hamma narsa hazildan boshqa narsa emas bo'lgan bo'lsa, hozir hamma narsa mening xohishimga aylandi. Men ham dorim Frantsiya chempionatida 100 va undan ortiq gol urishni xohlashimni aytib kelganman, bu mening uchun muhim yutuq bo'ladi. Agar men bu ishni qila olmasam, hech bo'lmaga amalga oshirish uchun harakat qilaman. Menga 90 daqiqa o'ynay oladigan futbolchi sifatida emas, balki qo'shimcha yordam sifatida qarash kerak. Aminmanki, foyda keltira olaman, — dedi Sisse.
39 yoshli hujumchining hisobida 96 ta gol bor. Sisse faoliyatini 2018 yili yakunlanaganini e'lon qilgandi.

Bosh sahifaga
211