Sterlingning qarindoshlari koronavirusdan vafot etdimi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 386

Angliyaning «Manchester Siti» klubi hujumchisi Raxim Sterling do'stlarining qarindoshlari, hatto uzoq qarindoshlari koronavirusdan vafot etganini aytib o'tdi.
«Koronavirus – hazil emasligini bilgandim. Uyda o'tirish e'lon qilinganidan so'ng, men ham, oila a'zolarim ham uyda qoldik, ko'chaga chiqmadik.
Futbol dunyodagi eng muhim narsa deb aytmayman, ammo, futbol tadbirlari, ayniqsa Premer-Liga o'yinlari bekor qilinsa hammasi jiddiy ekanligini tushunasiz.
Do'stimning buvasi vafot etdi. Mening qarindoshlarim ham koronavirusdan vafot etishdi. Bu infektsiyaning oldini olish uchun barcha kuchlarni ishga solish kerak.
Men qo'rqmayman, biroq, o'zimni va yaqinlarimni himoya qilishga harakat qilaman», — dedi Raxim Sterling.

Bosh sahifaga
204