"Arsenal" sobiq darvozaboni koronavirus bilan yarashish taklifini o'rtaga tashladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 271

Londonning "Arsenal" klubi va Germaniya terma jamoasi sobiq darvozaboni Yens Lemann koronavirus pandemiyasi borasida kamroq tashvishlanish kerak degan fikrni bildirdi.
"O'ylashimcha, koronavirus bilan yarashib olish kerak. Buning uchun karantin koronavirusga qarshi vaktsina yoki dori ixtiro qilish umidida kiritildi. Hozircha bizda hech narsa yo'q, lekin hamma narsani yopishimiz kerak emas, yashashda davom etishimiz lozim.
Futbolchilarning sog'ligida jiddiy muammo bo'lmasa koronavirus bilan kurashishlari mumkin. Koronavirusni alomatsiz o'tkazgan ko'plab futbolchilar bor. Yoshlar uchun bu katta muammo emas deb o'ylayman", - Lemanning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda BEIN Sports.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
237