"Liverpul" va "Manchester Siti"larga raqobat ko'rsatish uchun "MYu" nima qilishi kerak?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 520

Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi sobiq darvozaboni Edvin van der Sarning fikricha, «Liverpul» va «Manchester Siti» klublariga munosib qarshilik qilish uchun «Manchester Yunayted» yana 3-4 ta tajribali futbolchilarni o'z safiga qo'shib olishi kerak.
— "MYu" Sulsher bosh murabbiy etib tayinlangandan keyingi birinchi oyni ajoyib tarzda o'tkazdi. Keyin esa jamoa qiyinchilikni boshdan kechirdi, ammo, so'nggi etti-sakkiz haftada futbolchilar juda ajoyib ko'rindi. Jamoa ochko jamg'arishni boshladi. Umid qilamanki, chempionat qayta tiklanadi, chunki, "MYu" EChL yo'l olish uchun kurash olib bormoqda. «Liverpul» va «Manchester Siti» klublari qarshilik qilish uchun ikki-uchta yaxshi transferlarni amalga oshirishlari kerak, — dedi Edvin van der Sar.

Bosh sahifaga
291