"Barselona" prezidenti "Lokomotiv" futbolchisini sotib olish uchun ruxsat berdimi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 358

Kataloniyaning «Barselona» klubi prezidenti Xosep Mariya Bartomeu Moskvaning «Lokomotiv» klubi futbolchisi Aleksey Miranchukni sotib olish uchun ruxsat berdi.
Don Balon portalining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, 24 yoshli rossiyalik futbolchi shu yilning yozida "Barselona" klubi safiga borib qo'shilishi kutilmoqda.
Qayd etilishicha, ushbu transfer narxi 20 million evro atrofida baholanmoqda. Avvalroq bu futbolchiga Turinning «Yuventus» klubi qiziqish bildirayotganligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Bir necha kun avval Kataloniyaning "Barselona" klubi sport direktori Erik Abidal «Lokomotiv»ning taklifiga ko'ra, Moskvaga shahriga kelgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
268