«Real»ning sobiq futbolchisi hibsga olindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 214

Madridning "Real" va Kolumbiya terma jamoasi sobiq hujumchisi Edvin Kongo noqonuniy faoliyat bilan shug'ullangani fosh bo'ldi.
Gap shundaki, u noqonuniy narkotik moddalar savdosi bilan shug'ullanib kelgan. Marca nashrining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, Kongo maxsus operatsiya mobaynida Ispaniya politsiyasi tomonidan qo'lga olingan.
Qayd etilishicha, jinoiy guruhdagilar soni 10 nafarni tashkil etgan va ularning barchasi qo'lga olingan. Ayni paytda ularning barchasi hibsda ushlab turilibdi.
Politsiya ushbu ish yuzasidan tergovni davom ettirmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
243