«Messi yoki Ronaldu?» Klopp javob berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 253

«Liverpul» bosh murabbiyi zamonamizning ikki zabardast futbolchisi — «Barselona» hujumchisi Lionel Messi va «Yuventus» forvardi Krishtianu Ronaldudan qaysi birini tanlashi haqidagi savolga javob berdi.
«Agar ideal futbolchiga ta'rif berish kerak bo'lsa, u Ronaldu kabi bo'yga ega bo'ladi, u Krishtianu kabi baland sakray oladi va portugaliyalik o'yinchi kabi tez yugura oladi. Bunga Ronalduning o'z ishiga bo'lgan munosabatini qo'shamiz. Ideal professional — bundan ortig'i bo'lmaydi.
Boshqa tomondan, kichkina Messi bor. U barchasini oson bajaradi. Shu bois, o'yinchi sifatida menga Leo ko'proq yoqadi. Ammo Krishtianu ham aqlbovar qilmas futbolchi hisoblanadi», — dedi Klopp.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
225