A Seriya klubi Ivan Rakitichni sotib olishga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 303

Sport.es saytining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, "Barselona"ning xorvatiyalik futbolchisi Ivan Rakitich faoliyatini "Latsio" klubida davom ettirishi mumkin.
Futbolchining o'yinlari rimliklarga ma'qul kelmoqda va shu sababli 32 yoshli yarim himoyachiga 3 yillik shartnoma taklif qilishga tayyor.
O'z navbatida, kataloniyaliklar o'z futbolchisini 20 million evrodan kam bo'lmagan narxga sotishga tayyor.
Lekin muammo shundaki, Rakitich Ispaniyani tark etishni rejalashtirmayapti va "Sevilya" klubiga o'tishni yoki "Barselona" klubida qolishni xohlamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
222