Aleksey Miranchuk «Barselona»ga o'tishga yaqin turibdimi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 257

Moskvaning "Lokomotiv" klubi yarim himoyachisi Aleksey Miranchuk "Barselona"ga o'tishga yaqin turibdi. Bu haqda "Don Balon" xabar tarqatdi.
"Ko'k-anorranglilar" prezidenti Xosep Mariya Bartomeuning shaxsan o'zi ushbu transferni ma'qulladi. Endi kataloniyaliklar rossiyalik futbolchi bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishishlari kerak.
Eslatib o'tamiz, Aleksey Miranchukning "Lokomotiv" bilan shartnomasi 2021 yilga qadar tuzilgan. Ushbu mavsumda u "temiryo'lchilar" safida 24ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol urdi va 5ta golga uzatma berdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
208