«Barselona»ning yangi futbolchisi koronavirusga chalindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 403

"Valyadolid" yarim himoyachisi Mateus Fernandes koronavirusga chalindi, deya xabar tarqatdi "Mundo Deportivo" nashri.
Braziliyalik futbolchi topshirgan test musbat natija berdi. Shu bois, u o'zini yakkalash hayot tarziga o'tdi. Shuningdek, "Valyadolid"ning yana bir futbolchisi Oskar Planoda ham infektsiya aniqlandi.
Ma'lumot o'rnida. "Barselona" yanvar oyida Mateus Fernandes "Palmeyras" klubidan 7 mln evroga sotib olib, uni "Valyadolid"ga ijaraga bergan edi. 21 yoshli futbolchi bu klub safida hali birorta o'yinda maydonga tushishga ulgurmagan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
219