Rabo ertaga «Yuventus» safiga keladigan bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 278

«Yuventus» yarim himoyachisi Adrien Rabo ertaga — 13 may, chorshanba kuni klub ixtiyoriga etib keladigan bo'ldi. Avvalroq turinliklar jamoa safiga kelishni paysalga solayotgan futbolchining xatti-harakatidan norozi bo'layotgani va uni yozda transferga qo'yishi mumkinligi haqida xabar tarqalgan edi.
Frantsiyalik futbolchi esa o'zini hech qanday qoidabuzarlikka yo'l qo'ymagan deya hisoblamoqda va ertaga Italiyaga uchib keladi.
"Yuve" safiga legionerlardan eng so'nggi bo'lib Gonsalo Iguain qo'shiladi. U hozirda Argentinada bo'lib turibdi. Uning onasi kasal bo'lgani uchun klub unga ruxsat bergan.
Rabo va Iguain Turinga etib kelganidan keyin 14 kunlik karantin muddatini o'taydi. Shundan so'ng ular jamoaning mashg'ulotlariga qo'shilishadi.

Bosh sahifaga
203