Rabo onasining gapiga kirib, «Yuve»ga o'z noroziligini izhor qilmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 320

«Yuventus» yarim himoyachisi Adrien Rabo nima uchun klub ixtiyoriga etib kelmayotgani aniq bo'ldi. U aprel oyidan buyon Frantsiyada bo'lib turibdi.
"La Stampa" tarqatgan xabarga ko'ra, o'yinchi jamoaning maoshlarni qisqartirish borasidagi qaroriga norozilik bildirish maqsadida klubga qaytishni istamayapti. Ushbu g'oya Adrienning onasi va agenti – Veronik Raboga tegishli. Yarim himoyachi "keksa sinora"ning qo'ng'iroqlariga javob bermadi.
Raboning bu qilig'i «Yuventus» rahbariyatiga yoqmadi. Shu bois, klub uni yozgi transfer paytida sotib yuborishga tayyor.
Rabo o'tgan yilning yozida «Pari Sen-Jermen»dan erkin agent sifatida o'tgan edi. Ushbu mavsumda 25 yoshli futbolchi A seriya doirasida 17ta o'yinda maydonga tushdi.

Bosh sahifaga
203